Biz haqimizda

12 yildan beri joy va odam haqida o'ylaymiz.

Castler Namangandan chiqqan arxitektura va dizayn kompaniyasi. Kichik studiyadan yirik tijorat obyektlarini loyihalaydigan jamoagacha o'sdik.

Biz ishni bino bilan emas, odam bilan boshlaymiz. Har bir loyiha ortida savol turadi: bu joyda kim yashaydi yoki ishlaydi, va u o'zini qanday his qilishi kerak?

Shu yondashuv bizni oddiy ijrochidan farqlaydi. Biz loyihani konsepsiyadan konstruktiv yechim va qurilish nazoratigacha boshqaramiz — mijoz bitta jamoa bilan ishlaydi, boshdan oxirigacha.

Tamoyillar

Ishimiz asosidagi qadriyatlar.

01

Hayot avval

Chizma emas, insonning kundalik hayoti loyihani belgilaydi. Biz avval odamni, keyin binoni ko'ramiz.

02

To'liq javobgarlik

G'oyadan qurilish nazoratigacha bitta jamoa. Loyihani boshlagan bizmiz — yakunlaydigan ham.

03

Halollik

Ba'zi loyihalarni prinsip asosida rad etamiz. Ishonch — bizning eng muhim aktivimiz.

04

Aniqlik

Har bir o'lcham, har bir tugun tekshiriladi. Sifat tasodif emas, jarayonning natijasidir.

Jarayon

Loyiha qanday quriladi.

  1. 01

    O'lchov

    Obyekt va atrof-muhitni o'lchash, mavjud holatni aniq qayd etish.

  2. 02

    Konsepsiya

    Mijoz brifi, so'rovnoma va dastlabki plan yechimlari.

  3. 03

    Dizayn

    Interyer yoki arxitektura yechimi, 3D vizualizatsiya va material konsepsiyasi.

  4. 04

    Konstruktor

    Konstruktiv hisob-kitob, muhandislik yechimlari va bo'limlar koordinatsiyasi.

  5. 05

    Chizmalar

    Quruvchi uchun to'liq ishchi chizmalar albomi va spetsifikatsiyalar.

  6. 06

    Nazorat

    Mualliflik nazorati — loyiha aynan chizilgandek quriladi.

Loyihangizni birga boshlaymizmi?

Biz bilan bog'laning →